OChL. "Traktor" g‘alaba qozonib, o‘z imkoniyatini yaxshiladi. "Paxtakor" ham bu vazifani uddalay oladimi?

  • 23 aprel, 2021, 23:12
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Osiyo Chempionlar ligasi "V" guruhidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Kvartetdagi ikki uchrashuv ham bugunga belgilangandi.

Tecno

Dastlab Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlangan uchrashuvda Eronning "Traktor" klubi Iroqning "Eyr Fors" jamoasi bilan kuch sinashdi. Qiyin kechgan bahsda eronliklar 1:0 hisobida zafar quchishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 2-daqiqada Tikdari tomonidan kiritildi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, "Traktor" ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi. Agar bugun "Paxtakor" Otabek Shukurov jamoasini taslim etsa, 5 ochko bilan 3-o‘rinni band etadi.

Endi "Paxtakor"ning xato qilishga haqqi yo‘q. Sababi boshqa jamoalar toshkentliklardan o‘tib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!