
OChL o‘tish o‘yinida g‘alaba qozongan "Nasaf" qaysi guruhdan joy oldi?
"Nasaf" Osiyo Chempionlar ligasida pley-off uchrashuvida BAAning "Baniyas" klubi bilan kuch sinashdi.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari final bosqichiga chiqish uchun safardagi bahsni o‘z hisobiga hal qildi. Dastlab Sherzod Nasrullaev 27-daqiqada gol urdi. Ikkinchi bo‘limning 75-daqiqasida Husayn Norchaev oradagi farqni ikkitaga etkazdi. Shu tariqa, qarshiliklar g‘alaba qozonib, OChL guruh bosqichiga yo‘l oldi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng "ajdarlar" "E" guruhidan o‘rin oldi. Ushbu kvartetda "Al Sadd" (Qatar), "Al Faysali" (Saudiya Arabistoni), "Al Vihdad" (Iordaniya) klublari mavjud.
Fikrlar