OChL. "Navbahor" Namanganda "Mumbay Siti"ni "Bollivud" uslubida mag‘lubiyatga uchratdi

  • 3 oktabr, 2023, 20:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Birozdan so‘ng Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Mumbay Siti" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda namanganliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Birinchi bo‘lim O‘tkir Yusupovning penaltini qaytargan vaziyati bilan yodda qoldi. Uchrashuvning 41-daqiqasida mehmonlarning hujumi paytida to‘p tasodifan Ibrohim Yo‘ldoshevning qo‘liga tegdi. Natijada "lochinlar" darvozasiga 11 metrli jarima zarbasi belgilandi. Penaltini Styuart amalga oshirdi va uning zarbasidan so‘ng, to‘pni O‘tkir Yusupov qaytardi.

Ikkinchi bo‘limni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan "Navbahor" 52-daqiqada hisobni ochdi. Jamshid Iskanderov uzoq masofadan super zarba yo‘lladi va musobaqadagi eng chiroylm gollardan biriga mualliflik qildi. Oradan besh daqiqa o‘tib, Oston Urunovning super reydidan so‘ng Jasurbek Yaxshiboev aniq zara yo‘llab, farqni ikkita oshirib qo‘ydi. 

88-daqiqada darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqqan Doniyor Abdumannopov to‘pni darvozabonning ustidan oshirib, hisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minladi - 3:0.

Shu tariqa, Samvel Babayan shogirdlari ishonchli g‘alabani tantana qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
ишбобоев жума
03/10/2023 20:59
Хиндлар Бобурий юртига келганликларини хис килишди. Балли Навбахор!
&
Jokha
03/10/2023 20:59
Стадион тулишини аншлаг булишини кутган едим афсуски 100 сумга билет олганимдан Кура тв да курганим афзал деб тушмадим стадионга