
OChL. "Nasaf"ni turnirdan chiqarib yuborgan "Al-Ayn" "An-Nasr"ni mag‘lub qildi
OChL chorak finalidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "An-Nasr" uchrashuvi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona golni 44-daqiqada Rahimi qiritdi. So‘nggi daqiqalarda esa Laporte qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa, javob bahsidan oldin "Al-Ayn" kichik ustinlikka ega bo‘lib oldi.
"Al-Ayn" 1:0 "An-Nasr"
Fikrlar