
OChL. Musobaqaning umumiy jadvalida kim peshqadam? O‘zbek klublaridan birinchi o‘rinda... (foto)
Ertadan Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichi uchrashuvlari start oladi. SPORTS.uz sayti musobaqaning umumiy turnir jadvalini e’tiboringizga havola etadi.
Unga ko‘ra, birinchi pog‘onada Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi qayd etildi. Klub umumiy 162 bahsda 281 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
O‘zbek jamoalari orasida esa "Paxtakor" etakchilik qilmoqda, umumiy jadvalda 7-o‘rin. "Sherlar" 114 uchrashuvda 163 ochko yig‘ishga erishgan. Jamoaning eng yaxshi natijasi - yarim final.
Quyida umumiy ro‘yxat bilan tanishishingiz mumkin. Unda klublarimizning to‘plagan ochkolari, eng yaxshi natijalari va umumjadvalda nechanchi pog‘onadan joy olgani haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Fikrlar