Obameyang qaysi jamoada o‘ynashni orzu qiladi?

  • 10 may, 2020, 19:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang "Real" Madridda o‘ynashni orzu qilishini aytdi.

Tecno

“Real” mening sevimli jamoam. Men bobomga bir kun albatta u erga o‘tishga va’da berganman. Bu amalga oshadi, deb umid qilaman”, - deydi 30 yoshli gabonlik futbolchi.

Obameyang yozda “kanonirlar” safini tark etishi mumkin. Unga esa "Inter", "Chelsi", "Real", "Barselona" va "Manchester Yunayted" klublaridan jiddiy qiziqishlar bor. "Arsenal" esa uning transferini 34 mln evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!