Obameyang APLning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 11 oktabr, 2019, 16:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi forvardi Per-Emerik Obameyang Angliya premer-ligasida o‘tgan sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 30 yoshli gabonlik futbolchi o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra  Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Riyod Marez (“Manchester Siti”), Son Xin Min (“Tottenxem”), Rikardu Pereyra (“Lester”), Kallum Uilson (“Bornmut”) va Jon Makginn (“Aston Villa”) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Obameyang o‘tgan oy premer-liganing 4 ta uchrashuvida maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 5 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!