"Nyukasl"ga qarshi bahsda Saloh "o‘zgacha" rekord o‘rnatdi

  • 17 mart, 12:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya liga kubogi final uchrashuvida "Liverpul" "Nyukasl" bilan uchrashdi. Arne Slot shogirdlari kutilmaganda mag‘lub bo‘lib, kubokdan quruq qolishdi.

Tecno

"Opta" statistik portali xabariga ko‘ra, ushbu uchrashuvda mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh o‘ziga xos antirekord o‘rnatgan. Misrlik forvard "qizillar"dagi faoliyatida birinchi marta 90 daqiqa davomida bitta ham zarba bera olmagan.

Ma’lumot uchun, Saloh "Liverpul"ning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari. 32 yoshli hujumchi 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!