
"Nyukasl" bosh murabbiyi muhim futbolchini jamoada olib qolmoqchi
"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xou hujumchi Aleksandr Isakning kelajagi haqida yana bir bor o‘z fikrini bildirdi. Isakning ajoyib o‘yini uni yozgi transferlar oynasi oldidan Evropaning eng xaridor hujumchilaridan biriga aylantirdi. Shunday bo‘lsa-da, direktorlar kengashi raisi Yosir Al-Rumayyan jamoa rahbariyatiga futbolchini saqlab qolish zarurligini va hatto eng katta takliflarga ham ko‘nmaslik kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.
- Men jamoa qurishni xohlayman va keyingi mavsum uchun menga eng kuchli tarkib kerak. Umid qilamanki, bu erda intilishga arziydigan maqsadlar bor. Biz eng yaxshi futbolchilarimizni saqlab qolishni istaymiz. O‘ylaymanki, men buni aniq tushuntirdim. Bu nafaqat mening, balki klubdagi barchaning istagi, - dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Isak joriy mavsumda 39 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar