
Nursulton va Mashrabjon Ro‘ziboev bir kechada oktagonga ko‘tariladi. Jang sanasi ham ma’lum
MMAda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Nursulton Ro‘ziboev 25 dekabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. U Rossiyaning Chelyabinsk shahrida yangi tashkil qilingan NGL promoushenida oktagonga ko‘tariladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, hamyurtimiz kechaning markaziy jangida ishtirok etadi. Shuningdek, ushbu jang oqshomida Nursultonning ukasi Mashrabjon Ro‘ziboev ham jang o‘tkazadi. Nursulton o‘rta vazn (84 kg) toifasida, Mashrabjon esa engil vaznda (70 kg) oktagonga ko‘tariladi.
Biz ushbu jang avvalidagi rejalar, raqiblar va bekor qilingan janglar borasidagi fikrlarini bilish maqsadida Nursulton Ro‘ziboev bilan bog‘landik.
- Jangga jiddiy hozirlik ko‘rmoqdamiz. Pandemiya munosabati bilan 3-4 marotaba jangimiz bekor qilindi. Buning boshqa sababi yo‘q. Shunchaki, karantin tufayli Rossiyaga bora olmadik. Jangim borasidagi posterlar e’lon qilindi. Unda Maksim Tkachenko bilan to‘qnash kelishim ma’lum qilingan. Lekin u emas. Chunki Tkachenko bir vazn yuqorida 93 kgda faoliyat yuritadi. Aslida, braziliyalik juda kuchli raqib tanlangan. Ukam esa rossiyalik jangchiga qarshi to‘qnash keladi. Bu borada ham muzokaralar yakunlanay, deb qoldi. Barchasi aniq bo‘lganidan so‘ng ma’lum qilinadi.
FFC (Falko Fighting Championship) turnirida ikki nafar o‘zbekistonlik jangchi g‘alaba qozondi
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Qirg‘iziston vakilini birinchi runddayoq mag‘lub etdi |
Fikrlar