Nursulton Ro‘ziboevning bo‘lajak raqibi qanchalik kuchli?

  • 26 mart, 14:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 17 may kuni AQShning Las-Vegas shahrida "UFC Fight Night" turniri bo‘lib o‘tadi.

E’tiborlisi, unda hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboev ham ishtirok etib, mezbonlar vakili Dastin Shtoltsfusga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Nursultonning qanday rekordga egaligi va mahorati barchamizga ma’lum. Keling, endi uning bo‘lajak raqibiga biroz to‘xtalsak.

Dastin Shtoltsfus - UFC da 8 ta jang o‘tkazgan va ularning 3 tasida g‘alaba (1 ta hakamlar qaroriga ko‘ra, 2 ta muddatdan oldin) , 5 tasida mag‘lubiyat (4 ta muddatdan oldin, 1 ta hakamlar qarori) alamini tatib ko‘rgan. Oxirgi jangida esa Mark-Andre Barrioni 1-raundda nokautga uchratgan. Raqibning natijalaridan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, agar qandaydir kutilmagan muammo paydo bo‘lmasa, Nursulton bu bahsda muddatidan avval g‘alaba qozonish ehtimoli yuqori!

Ma’lumot uchun, bo‘y borasidagi ustunlik hamyurtimiz tomonida. Ro‘ziboev 1,95 metr, Shtoltsfus esa 1,80 metr. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!