
Nursulton Ro‘ziboev Toshkentda jang qiladi
Xabaringiz bor, 22-24 yanvar kunlari K-1 bo‘yicha “Toshkent Open” turniri bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki ikki kunda havaskorlar o‘rtasidagi musobaqalar o‘tkazilsa, 24 yanvar kuni professional janglar tashkil etiladi. Ushbu jang kechasida yurtimizning ko‘zga ko‘ringan jang ustalari Sher Mamazulunov, Bobur Tagiev o‘z janglarini o‘tkazishi borasida ham ma’lum qilgandik.
Tashkilotchilarning saytimizga ma’lum qilishicha, aynan ushbu jang oqshomida taniqli MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboev ham ringga ko‘tariladi. Uning raqibi turkiyalik Demir Batuxan bo‘ladi.
Mazkur jang kechasi Sports.uz Youtube kanalida jonli ravishda efirga uzatiladi.
O‘zbekistonning eng kuchli K-1 ustalari Toshkentda jang qiladi |
Sher Mamazulunovning raqibi ma’lum. U Toshkentda jang qiladi
Fikrlar