
Nurmagomedov Dubayda juda qiyin jang o‘tkazdi
Hozirgina BAAning Dubay shahrida PFL turniri yakunlandi.
Kechaning main event jangida Usmon Nurmagomedov va Pol Xyuz o‘zaro jang olib bordi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahs muxlislarda iliq taassurot qoldirdi. To‘liq davom etgan to‘qnashuvda Usmon ochkolar evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirda hamyurtimiz Mirafzal Axtamov ham ishtirok etib, 2-raundda raqibini sabmishn evaziga mag‘lub etdi.
Fikrlar