
Noxush xabar! O‘zbekistonning bugungi o‘yini oldidan legionerimizda koronavirus aniqlandi
O‘FA matbuot xizmati BAAda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan terma jamoamiz holati haqida ma’lumot berdi.
Ayni paytda Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari COVID-19ga navbatdagi PTsR test topshirdi. Unga ko‘ra, Ibrohimhalil Yo‘ldoshevning testida musbat natija qayd etilgan.
Shuni ta’kidlash kerak-ki, futbolchimiz o‘zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko‘zga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirish rejalashtirilgan. Hozirda u shifokorlarning nazorati ostida yakkalangan holda karantin o‘tamoqda.
Fikrlar