Nosir Al-Xelayfi "Chelsi"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng nimalar dedi?

  • 14 iyul, 11:02
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida PSJ "Chelsi"ga 0:3 hisobida yutqazdi. Shunga qaramay, parijliklar prezidenti Nosir Al-Xelayfi jamoa mavsumdan faxrlanishi mumkinligini ta’kidladi.

Tecno

"Chelsi"ni tabriklayman – ular g‘alabaga loyiq edilar.

Biz klub sifatida bu mavsumda amalga oshirgan ishlarimizdan faxrlanishimiz mumkin. Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini yutmoqchi edik, ammo bu oson emas.

Futbolchilar barcha kuchini sarfladi, ular charchadi. Bu — klubimiz tarixidagi eng yaxshi mavsum bo‘ldi. Chempionat, Kubok, Superkubok va ilk bor Chempionlar ligasi kubogini yutib oldik. Biz jamoamiz va murabbiylar shtabidan faxrlanamiz.

Bu mag‘lubiyat bizga keyingi mavsumda foyda beradi. Biz kamtar bo‘lishimiz kerak. Biz turnirdagi eng yosh jamoa edik.

Endi ta’til vaqti keldi, futbolchilar dam olishlari kerak. Bu mavsum ajoyib o‘tdi. Ha, finalda yutqazdik, ammo jamoamdan faxrlanaman" – deya o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi parijliklar rahbari prezidenti.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
14/07/2025 11:31
Турки Совук шу Нусхани