
Nokdaun, shiddatli zarbalar va final chiptasi — Abdullaev Olimpiada sovrindorini yarim finalda to‘xtashga majbur qildi (fotogalereya)
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida jahon chempionati davom etmoqda. Bugun yarim final janglari bo‘lib o‘tmoqda.
-63,5 kg vazn toifasida Ruslan Abdullaev armanistonlik Xovanets Bachkov bilan ringga ko‘tarildi. Ilk raundda Ruslanning qo‘li baland keldi - 5:0. Ikkinchi raundda ham vakilimizning ustunligi qayd etildi - 5:0. Biroq oxirgi raundda Ruslan imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 0:5. Yakuniy hisob esa 5:0 Ruslan Abdullaev foydasiga.
Qayd etish lozim, armanistonlik sportchi 3 karra Olimpiada sovrindori, Evropa chempioni hisoblanadi. Ammo Abdullaev ikkinchi raundda uni nokdaun holatiga tushirib qo‘ygani e’tirofga sazovor.
Quyida mazkur jangdan fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.




















Fikrlar
Биз сизларга ишонамиз.!!!!!