Nodirjon Mirzahmedov: Uyimda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldim

  • 7 noyabr, 2020, 16:46
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha, -49 kg vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelgan, O‘zbekiston chempioni Nodirjon Mirzahmedov jangdan keyin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Ushbu jangdan juda katta taassurot oldim. O‘z vazn toifamdagi birinchi raqamli raqib bilan jang olib bordim. U menga yaxshi qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, ustozlarimning maslahatlari natijasida g‘alaba qozondim.

Yuzaga kelgan karantin bizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Murabbiylarimning ko‘rsatmasiga amal qilib, o‘z uyimda mashg‘ulot o‘tkazishga majbur bo‘ldim. Muhimi, karantin engillashtirildi va o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari tashkillashtirildi. Bu narsa menga juda qo‘l keldi.

Oldimizda turgan xahon va Osiyo chempionatlari, Olimpiya o‘yinlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba bilan qaytishga harakat qilaman".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!