Nimchorak final oldidan "Paxtakor" murabbiyi o‘z fikrlarini bildirdi

  • 25 sentabr, 2020, 19:48
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Istiqlol" bellashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Piter Xyuistra hamda himoyachi Anzur Ismoilov ishtirok etishdi.

Tecno

Xyuistra: "Guruh bosqichini yakunladik. Endi bir o‘yindan iborat pley-ffda o‘ynaymiz. Biz bunga tayyormiz. Barchasini o‘yin ko‘rsatib beradi.

Shota o‘zini yaxshi his qilmoqda. U izolyatsiyada. O‘tgan o‘yinni tahlil qildik va navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonamiz. Shota dastlabki kunlari biroz o‘zini yomon his qildi, hozirda esa barchasi ortda qoldi. U hali yosh va ishga chanqoq.

Ertaga Komilov ikkita sariq kartochka tufayli maydonga tusha olmaydi. Qolgan barcha futbolchilar o‘yinga tayyor va sog‘lom holatda. "Paxtakor"ni jismonan kuchsiz, deb o‘ylamanglar. Biz ham ikki yildan buyon bu borada mehnat qilyapmiz. O‘zimizga ishonch katta.

Biz o‘zimizga ishonamiz. Bu yigitlar bilan har kuni birga ishlayman va ularning imkoniyatini yaxshi bilaman. Shu sababli ham ularga ishonib gapirmoqdaman.

Oxirgi yillarga qarasangiz, o‘zbek klublarida pasayish bo‘ldi. Lekin ikki yil oldin O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘lgandi. O‘sha jamoaning ko‘plab a’zolari hozir "Paxtakor"da o‘ynamoqda. O‘sha musobaqadan keyin futbolchilar yanada kuchaydi. Bu futbolchilar yangi davrni boshlab bermoqda. Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish edi, bu vazifa uddalandi. Endi navbatdagi raqibni mag‘lub etishni istaymiz".

piter

Ismoilov: "Guruhdan chiqqanimizdan xursandmiz. Bizni oldinda og‘ir o‘yinlar va haqiqiy kurash kutmoqda. Muxlislar va ko‘plab insonlar “Paxtakor”dan g‘alaba g‘alaba kutadi. Maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish. Raqibni yaxshi bilamiz, o‘rganib chiqdik. Bizga qiyin bo‘ladi. G‘alaba qozonishimiz kerakligini tushunib turibmiz. Jamoamiz ertangi o‘yinga tayyor. Maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

Raqib safida ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar bor. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoamizdagi futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi",-deya post qoldirdi "Paxtakor" klubi rasmiy "Telegram" kanali.

anzur

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!