
Neymarning narxi tushdimi?
PSJ mutasaddilari braziliyalik yulduz Neymardan to‘liq voz kechishga tayyor. Digi Sport nashrining ma’lum qilishicha, parijliklar 31 yoshli hujumchiga qiziqish bildirayotgan “Chelsi” bilan muzokarani oxiriga etkazib qo‘ymoqchi.
Manbaning ta’kidlashicha, Frantsiya chempionlari Neymarni 60 million evroga baholamoqda va “aristokratlar”dan shu summani to‘lash talab qilinadi.
Aslida Neymar darajasidagi mashhur o‘yinchi uchun bu arzimas summa. Lekin futbolchining yillik maoshi 50 million evro atrofida bo‘lishini inobatga olib, har qanday klub ham Neymarni transfer qila olmaydi.
PSJ 2017 yili Neymarni olish uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan edi. Bu summa haligacha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Fikrlar