
Neymarni ortga qaytarishmoqchi
Neymarni tarbiyalagan klub – “Santos” prezidenti Marselo Teysheyra braziliyalik yulduzni ortga qaytarish istagidaligini bildirdi.
31 yoshli forvad o‘tgan yozda PSJni tark etib, Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi safida qo‘yshilgan edi.
Bu faqat bizga bog‘liq emas. Lekin “Santos” Neymar atrofidagi vaziyatni kuzatib boryapti. Unin “Al-Hilol” bilan ikki yillik bitimi bor. Neymar bilan gaplashib, shartnomani uzaytirmoqchi ekanini tushundim.
Biz Neymarni Braziliyaga qachon qaytarishni bilish uchun uning muzokaralarini kuzatib boramiz. Hujumchini qaytarish bo‘yicha loyiha ishlab chiqyapmiz. Biroq hamma narsa ham “Santos”ga bog‘liq emas, transfer uchun o‘yinchining istagi ham katta rol o‘ynaydi, - dedi Marselo Teysheyra.
Fikrlar