
Neymar uchun mavsum tugadi
PSJ hujumchisi Neymar uchun ushbu mavsum o‘z nihoyasiga etdi. Futbolchi "Lill"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni tark etgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli braziliyalik yaqin kunlarda Dohada operatsiya qilinadi va 3-4 oyni o‘tkazib yuboradi.
PSJni oldinda "Bavariya"ga qarshi muhim uchrashuv kutmoqda. Birinchi o‘yinda nemislar 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. "Allianz Arena"da bo‘ladigan o‘yinda parijliklarda yoqotishlar etarli. Hakimi, Kimpembe va Renatu Sanchesh ushbu uchrashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.
Fikrlar