Neymar Titega cheksiz minnatdorchilik bildirdi

  • 12 dekabr, 2022, 10:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan ustozi Titega minnatdorchilik bildirdi.

Tecno

"Biz bu erda uchrashishdan oldin bir-birimizga qarshi ko‘p marta to‘qnash kelganmiz. Boshida men uni juda ham zerikarli inson deb o‘ylagandim! Chunki uning jamoasi menga qarshi tish-tirnog‘i bilan qurollangan edi, u  meni mag‘lub etish uchun hamma narsani qo‘llab ko‘rgan va hatto tanqid ham qilgan. Ammo taqdir hazilini qarangki, Tite bir kun kelib mening murabbiyimga aylandi va menga 10-raqamni berdi.

Men Titeni murabbiy sifatida bilardim va barcha mahoratiga tan beraman, lekin inson sifatida u bundan ham ko‘proq hurmatga loyiq! Men unga bizga o‘rgatgan hamma narsa uchun minnatdorchilik bildiraman. Tite har doim men ko‘rgan eng yaxshi murabbiylardan biri bo‘lib qoladi", - deb yozdi "PSJ" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi ijtimoiy tarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!