
Neymar PSJ muxlislariga jiddiy murojaat yo‘lladi
PSJ futbolchisi Neymar "Lans"ga qarshi uchrashuv (1:1)dan so‘ng o‘zi tomon qilingan muxlislarning nojo‘ya xatti-harakatlariga munosabat bildirdi. Aytishicha, u jamoa manfaati uchun maydonda borini berib harakat qiladi.
"Mening klub bilan shartnomam yakunlangani yo‘q. 3 yildan ko‘proq vaqt davomida shu erdaman.
Menga qarab baqirishni bas qiling. Agar tugatishni istamasangiz, bu sizlar uchun hali uzoq davom etadi. Sababi, men uchun bunday reaktsiyalarni kuzatish odatiy holga aylanib ulgurgan", - dedi braziliyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Neymar Parij klubi bilan Frantsiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq muxlislar chempionlik o‘yinida durang qayd etilganidan noroziligini yashirib o‘tirmadi.
Fikrlar