Neymar kelasi mavsumni qaerda boshlashini aniq aytdi

  • 7 iyun, 2024, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Og‘ir jarohati tufayli o‘tgan mavsumda “Al-Hilol”ga deyarli yordam bera olmagan Neymardan jurnalistlar yozda “Santos”ga qaytishi haqidagi gaplarga oydinlik kiritishni so‘radi.

Tecno

- Buni hech qanday imkoni yo‘q. Hammasi mish-mish. “Al-Hilol” bilan yana bir yllik shartnomam bor. Men “Santos”ni qo‘llab-quvvatlayman, qachonlardir qaytim mumkin, lekin hozir bor e’tiborimni “Al-Hilol”ga qaratganman.

Kelasi mavsumni shu jamoa yuqori saviyada, eng muhimi, jarohatlarsiz o‘tkazmoqchiman, - dedi Neymar.

Neymar o‘tgan yoz PSJdan “Al-Hilol”ga ko‘chib o‘tgan edi. Barcha turnirlarda beshta uchrashuv o‘tkazib, bitta gol va uchta assist qayd etgan.

2023 yilning oktyabrida Braziliya terma jamoa safida ohir jarohat olgan futbolchi hali ham maydonga qaytgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!