Neymar “Al-Hilol”dan o‘zini Evropaga qo‘yib yuborishni so‘radi. U Superklubda to‘p tepmoqchi

  • 1 aprel, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Og‘ir jarohatdan davolanayotgan Neymar maydonga qaytganidan keyin Evropada o‘ynashni istayapti. 

Tecno

Sport.es saytining ma’lum qilishicha, braziliyalik yulduz “Al-Hilol” rahbariyatidan o‘zini “Barselona”ga ijaraga berishni so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, braziliyalik yulduz jarohatidan tuzalganidan keyin bir yil davomida Kataloniya klubida o‘ynashdan umidvor. Biroq hali klublar bu transfer borasida muzokara o‘tkazgani yo‘q.

“Al-Hilol” Neymarsiz ham zo‘r o‘ynayapti. Ular ketma-ket 29 ta uchrashuvda g‘alaba qozondi va chempionlikka asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Neymarning o‘zi barcha turnirlarda besh marotaba maydonga tushib, bitta gol va uchta assist qayd etgan. Terma jamoa safida og‘ir jarohat olganidan keyin “Al-Hilol”ga yordam bera olgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!