
Nevesh: Ronaldu ajoyib formada
24 noyabrda Portugaliyani Ganaga qarshi birinchi tur o‘yini kutmoqda. Uchrashuvdan oldin Ruben Nevesh Ronalduning holati haqida gapirdi.
“Krish mashg‘ulotlarda ajoyib formada. U bizni tashvishga solmaydi. Biz o‘yin paytida har bir kishi ajralib turishi uchun nimalar qilishimiz kerakligini yaxshi bilamiz”-dedi yarim himoyachi.
Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusi va “Manchester Yunayted” bilan shartnomani bekor qilganidan so‘ng e’tibor markazida bo‘lib turibdi.
“Albatta, bu haqida so‘ramaslikni iloji yo‘q. Ammo u bilan munosabatlarimiz yaxshi. Bizda ajoyib muhit mavjud”-deya qo‘shimcha qildi 25 yoshli futbolchi.
Ronaldu terma jamoaning Nigeriyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. Ammo u Ganaga qarshi o‘yinda maydonga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar