"Neftchi" yangi bosh murabbiyni O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi

  • 2 avgust, 2022, 15:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning "Neftchi" klubi yangi bosh murabbiy Vladimir Ejurovni O‘zPFLda ro‘yxatdan o‘tkazdi. 

Shunga qaramay, Vitaliy Levchenko Farg‘ona klubida ishlashda davom etadi. Unda Pro litsenziya yo‘qligi tufayli Superliga jamoasiga murabbiylik qila olmaydi. Mazkur holatda u oddiy murabbiy sifatida ro‘yxatdan o‘tadi. Bu masalaga Levchenkoning o‘zi ham to‘xtalib o‘tgandi: 

"Mening shtabimda faoliyat olib borayotgan yordamchim Vladimir Ejurovda Pro litsenziyasi bor. Shuning uchun bu masalada tashvishlanarli holat yo‘q. Sentyabr oyi oxirlarida esa mening Pro litsenziyasi uchun imtihonim bor". 

Ayni vaqtda Farg‘ona klubi Superliga turnir jadvalida 13 o‘yindan so‘ng 11 ochko to‘plagan holda, 13-o‘rinni band etib turibdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!