
"Neftchi" o‘rtoqlik uchrashuvida Polsha klubi bilan durang o‘ynadi, tarkibda yangi nomlar bor
Turkiyaning Antalya shahrida yangi mavsumga hozirlik ko‘rayotgan Vitaliy Levchenko bosh murabbiyligidagi "Neftchi" jamoasi dastlabki o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvida Polshaning "Visla" Krakov klubi bilan kuch sinashdi.
Birinchi bo‘lim polshalik futbolchilarning ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, tanaffusga jamoalar 0:0 hisobidagi durang natija bilan yo‘l oldi. Ikkinchi bo‘limda farg‘onaliklar amalga oshirilgan bir qator o‘zgarishlar evaziga o‘yin sur’atini biroz tenglashtirdi.
"Yo‘lbarslar" quyidagi tarkibda maydonga chiqdi: Misyak, Ubaydullaev, Larin, Mishenko, Batyushin, Adxamzoda, G‘ulomov, Turopov, To‘xtasinov, Sharkich, Murtazaev.
Ikkinchi bo‘limda esa asosiy tarkib to‘liq almashtirildi va quyidagi futbolchilar maydonda harakat qildi: Valiev, Tabatadze, Jo‘raboev, Ne’matxonov, Abdullajonov, Olimov, Abdullaev, G‘ofurov, Hoshimov.
Fikrlar