"Neftchi" klubi ogohlantirish bilan chiqdi

  • 25 iyul, 2023, 18:18
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

29 iyul kuni O‘zbekiston Superligasi 14-tur doirasida "Neftchi" Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. Mazkur uchrashuvga chiptalar bugundan sotuvga chiqarildi. Chiptalar faqat stadionning maxsus kassalarida 20000 va 30000 so‘mdan belgilangan narxlarda sotiladi.

Tecno

“Istiqlol” stadioni ma’muriyati ogohlantirish bilan chiqdi. 

- Futbol uchrashuvi chiptalarini “Istiqlol” stadionining maxsus kassalardan sotib oling. Agar stadion kassalaridan tashqari sotib olingan chiptangiz qalbaki bo‘lib chiqsa, stadion ma’muriyati bu uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi va qalbaki chipta bilan stadionga kirishga uringan shaxslarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘riladi.

ESLATMA: Chiptada maxsus stiker mavjud. Ushbu stikerni o‘chirib yubormang! Chiptadagi stiker o‘chirib yuborilsa, ushbu chipta yaroqsiz, deb hisoblanadi, - deyiladi xabarda.

photo_2023-07-25_01-36-25

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!