
"Neftchi" Antaliyadagi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi
Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" bugun Gruziyaning "Kolxeti-1913" jamoasi bilan nazorat uchrashuv o‘tkazdi.
Birinchi bo‘limning 15-daqiqasida gruziyalik futbolchilar o‘z jarima maydonchasi ichida darvozaga to‘p urishga chog‘langan Jasur Jaloliddinovni yiqitib, qomdani qo‘pol ravishda buzishdi. Hakam ularning darvozasiga 11-metrli jarimani belgilashga majbur bo‘ldi. Jarima to‘pini jamoaga yangi kelib qo‘shilgan ruminiyalik hujumchi Mixay Roman mohirona amalga oshirib "Neftchi" oldinga olib chiqdi. Shundan keyin gruzin futbolchilari tashabbusni o‘z qo‘llariga olib hujumni kuchaytirishga urindilar. Ammo bu harakatlar natija bermadi. Birinchi bo‘lim "Neftchi"ning ustunligi bilan 1:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda "Neftchi" murabbiylari bir qator o‘zgarishlarni amalga oshirdilar. Maydonga G‘ulom-Haydar Gulamov, Shohruz Norxonov, Bilolxon Toshmirzaev, Sanjar Qodirqulov hamda Muxsin Ubaydullaevlar tushirildi. Aynan zaxirada o‘yinga qo‘shilgan Toshmirzaev raqib darvozasiga ikkinchi golni urdi.
Nazorat uchrashuvi
"Neftchi" - "Kolxeti-1913" - 2:0
Goloar: Mixay Roman 15' (pen), Bilolxon Toshmirzaev 54'
"Neftchi": Botirali Ergashev, Boyan Tsiger, Anvar G‘ofurov, Zoir Jo‘raboev, Abbos G‘ulomov, Manuchehr Safarov, Keterin Karp, Javohir Qahramonov, Jasur Jaloliddinov, Xusayn Norchaev, Mixay Roman.
"Neftchi" matbuot xizmati.
Fikrlar