
"Neftchi" - yagona jamoa...
Superligada 7-tur bahslari davom etmoqda. Tur doirasidan "Surxon" - "Bunyodkor" va "Buxoro" - "Neftchi" o‘yinlari o‘rin olgandi.
Ushbu bellashuvlar alohida ahamiyat kasb etardi. Sababi "Bunyodkor" hamda "Neftchi" bu mavsum Superligada shu turga qadar mag‘lubiyatga uchramayotgandi. "Qaldirg‘ochlar" termizliklar bilan uchrashuvda minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. "Neftchi" esa safarda oxirgi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqarib, durang qayd etdi.
Shu tariqa, Murod Otajonov shogirdlari ham Superligadagi qolgan 12 klub kabi mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rdi. Vitaliy Levchenko jamoasi seriyani davom ettirib, hozircha, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan yagona jamoa bo‘lib turibdi...
Fikrlar