
Nedved: "Yuventus" hech qanday baxona qilishga haqqi yo‘q
"Yuventus" vitse prezidenti Pavel Nedved chempionlar ligasining 1/8 bosqichi borasida fikr bildirdi.
"O‘tgan yili "Atletiko"ga qarshi to‘qnash kelganimizni inobatga olib, bu safar hech qanday baxona qilishga haqqimiz yo‘q.
Agarda, ChLning fevral-mart oylaridagi o‘yinlar paytida sport formada bo‘lmasak, nimadur qilishimiz uchun juda oz vaqt bo‘ladi.
"Lion"ga qarshi avvalgi o‘yinlarning natijalari bizning foydamizda, ammo bular hech narsani hal qilmaydi. Hal qiladigani, bu aynan o‘sha vaqtdagi sport formaning holatiga bog‘liq bo‘ladi," - dedi Nedved.
Eslatib o‘tamiz, ChLning pley off bosqichida "Yuventus"ga "Lion" qarshilik ko‘rsatadigan bo‘ldi.
Fikrlar