
Nazorat o‘yinida "Nasaf"dan omad yuz o‘girdi
“Nasaf” klubi bugun Antaliyada navbatdagi nazorat uchrashuvini Polshaning “Bruk-Bet Termalika” klubiga qarshi o‘tkazdi.
Uchrashuvda Edrasik (38) va Garasek (67) tomonidan urilgan gollar polshaliklarga 2:0 hisobidagi g‘alabani keltirdi.
"Nasaf": Zafar Safaev, Shuhrat Muhammadiev, Igor Golban, G‘olib G‘aybullaev, Sharof Muhitdinov, Akmal Mozgovoy, Jambuli Jigauri, Viktor Da Silva, Oybek Bozorov, Temur Chogadze, Islom Kenjaboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Murod Rahmatov, Marko Stanoevich, Sidiqov, Narzullaev, Nodir Mukarov, Shaxzod Akramov
Fikrlar