Navbatdagi eksklyuziv suhbat. SPORTS.UZ muxbiri Aleksandr Kerjakovni ko‘ndirdi. U "Nasaf" futbolchisini tilga oldi...

  • 15 avgust, 2022, 20:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Saytimizning zukko o‘quvchilari yaxshi bilishadiki, Sports.uz orqali xorijlik ko‘zga ko‘ringan mutaxassislar bilan eksklyuziv suhbatlar havola etib kelinadi. Ayniqsa, Rossiya futboli yulduzlari asta-sekin bizning saytimiz “mehmoni” bo‘lib kelmoqdalar.

Tecno

Oxirgi marta Rossiya terma jamoasi va “Rostov” klubi bosh murabbiyi Valeriy Karpin bilan suhbat uyushtirilgandi. Bu safar Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raev mashhurlik bo‘yicha Karpindan qolishmaydigan yana bir rus futbolining taniqli namoyondalaridan biri – Aleksandr Kerjakovni saytimiz uchun intervyu berishga ko‘ndirdi.

Bilasiz, u o‘tgan mavsumda Rossiya premer-ligasida “Nijniy Novgorod” klubiga bosh murabbiylik qildi. Vatandoshimiz Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ushbu klubdagi dastlabki mavsumida aynan Kerjakov qo‘li ostida to‘p surishga muvaffaq bo‘ldi.

Intervyuda bir qator mavzular qamrab olingan bo‘lib, mutaxassis qiziqarli fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Qizig‘i, o‘zbek futbolchilari orasida o‘zi yoqtiradigan o‘yinchilar qatorida "Nasaf" a’zosining nomini ham aytdi.

Tez orada Sports.uzda Aleksandr Kerjakov bilan eksklyuziv suhbat chop etiladi. Bizni kuzatishda davom eting!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
15/08/2022 22:04
Nasaf. uzi. butun dunyo kuzatapti. HALQ JAMOASI. bulganidan keyin kuzatadida
Akram Haedarov
15/08/2022 23:14
Nasaf nomer 1 ko'p yillik mehnat samarasi bu.shun uchun aytamanda bir yillik komanda qilmanglar somonga o'hshab bir yonib o'chib ketasizlar deb