"Navbahor"ning sobiq ustozi "Zenit"ni PSJga "o‘xshatdi"

  • 27 iyun, 2022, 08:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Zenit"da futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlar evaziga qayd etilayotgan natijalardan norozi.

Tecno

"Zenit" - PSJ kabi pul bilan to‘la qop. Pul borligi uchun ular sotib olishadi", - dedi Kanchelskis.

Sobiq futbolchi, shuningdek, piterliklar infratuzilma sifati bo‘yicha kuchli beshlikdan joy olgan bo‘lsa-da, "Zenit"ni Evropa grandi deb hisoblay olmasligini ta’kidladi. "Zenit" top-klub hisoblanishi uchun bahorda muntazam ravishda evrokuboklarda o‘ynashi kerakligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, "Zenit" muntazam ravishda Rossiya chempionligini qo‘lga kiritadi, ammo Evropa maydonlarida uzoq vaqtdan buyon o‘zini eng yaxshi natijalarini ko‘rsata olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!