
“Navbahor”ning sobiq ustozi O‘runovning jamoadoshini “Fiorentina”ga joylamoqchi
O‘tgan mavsumda “Navbahor”ni boshqargan Andrey Kanchelskis “Spartak” hujumchisi Aleksandr Kokorin “Fiorentina”ga o‘tishga rozilik bersa, unga yangi jamoaga joylashib olishida yordam berishini aytdi.
- Men Kokorin Italiyaga ketishi kerak, deb hisoblayman. Lekin bu erda hamma narsa maoshga borib taqaladi. U erda Kokoringa “Spartak” to‘layotgan darajada pul berishmaydi. Hamma narsa uning o‘ziga bog‘liq. Agar men uning holatida bo‘lganimda hammasini boshidan boshlab, o‘zimni futbolchi sifatida tiklab olardim.
Florentsiya ajoyib shahar, odamlari adolatli. Agar Kokorin o‘zini ko‘rsata olsa, odamlar uni qo‘lida ko‘tarib yuradi.
Muhimi, “Fiorentina”da kallani ishlatish va faqat futbol haqida o‘ylash kerak. Agar maslahat so‘rab, menga murojaat qilsa, uning jamoaga o‘rnashishida yordamimni ayamayman. U erda tanishlarim, do‘stlarim qolgan, ular ham qarab turmaydi, - dedi Andrey Kanchelskis.
Fikrlar