
"Navbahor"ning sobiq ustozi Gvardioladan ish o‘rganmoqchi
"Navbahor" klubining sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola qo‘l ostida amaliyot o‘tkazish ehtimoli haqida gapirdi.
“Aytgancha, men bu haqda o‘ylamagan edim, yaxshi fikr. Nega endi yo‘q. Menimcha, Gvardiola ten Hag kabi yopiq emas. Aynan ten Xag o‘zini hammadan yopdi. Niderlandiyalik yigitlar - g‘alati. Gvardiola qo‘l ostiga borish va uning mashg‘ulot jarayonini kuzatish men uchun qiziq bo‘lgan bo‘lardi", - dedi rossiyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Kanchelskis futbolchilik faoliyati davomida “Manchester Yunayted”da, “Manchester Siti”da ham o‘ynagan.
Fikrlar