
“Navbahor”ni boshqargan murabbiy Ronalduni qattiq tanqid qildi
“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Namangandan ketganidan beri hali murabbiylik faoliyatini tiklagani yo‘q. Biroq, rossiyalik mutaxassis Rossiya va jahon futbolidagi voqealarga munosabat bildirishi bilan futbol jamoatchiligi e’tiborida turibdi.
O‘z davrida “Manchester Yunayted”da porlagan Andrey Kanchelskis hozirgi jamoaning eng mashhur o‘yinchisi Krishtianu Ronalduning keyingi paytdagi xatti-harakatlarini qoraladi. Ma’lumki, portugaliyalik yulduz “Tottenxem” bilan bahsda zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortib, stadiondan ketib qolgan.
Erik ten Xag Ronalduni asosiy jamoadan vaqtinchalik chetlatdi, klub futbolchining 887 ming evro maoshini kesib tashladi.
- Ronalduning qilmishi jamoa va murabbiyga hurmatsizlik. O‘rinbosarlar tarkibiga o‘tkazilishi Krishtianu uchun jazo. Har holda u buyuk o‘yinchi va terma jamoasining etakchisi. Angliyada shunaqa jazo ko‘p qo‘llaniladi. Men ham o‘z vaqtida ana shunday jazoga tortilganman. Bu Ronalduning imidjiga qattiq zarba, - dedi Andrey Kanchelskis.
Fikrlar