“Navbahor”ni boshqargan murabbiy “Manchester Yunayted”ga boradi

  • 24 yanvar, 2023, 17:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor”ni 2020 yilda tark etganidan beri ishsiz yurgan Andrey Kanchelskis o‘zi o‘ynagan “Manchester Yunayted” bazasiga boradigan bo‘ldi.

Tecno

Rossiyalik mutaxassis u erda niderlandiyalik murabbiy Erik ten Xagning ish uslubini o‘rganmoqchi.

- Men “Manchester Yunayted”ga borib, ular o‘yinchilarni qanday tayyorlayotganini ko‘rib kelmoqchiman. Bir-ikki kunda Manchesterga borib, Erik ten Xagning jamoani qanday tayyorlayotganini o‘rganaman, - dedi Kanchelskis.

Andrey Kanchelskis 1991-1995 yillar davomida “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilgan. Bu klub safida Angliya Premer-ligasida 149 ta uchrashuvda maydonga tushib, 34 ta gol va 14 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!