"Navbahor"da murabbiy o‘zgarishi mumkin yoxud bir yildan beri davom etayotgan muzokara nihoyat, yakunlanishi kutilmoqda

  • 9 iyul, 2021, 16:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Navbahor" vodiy derbisida "Andijon"ga imkoniyatni boy berganidan keyin namanganlik muxlislarning jamoaga ishonchi ancha kamaydi. Nafaqat futbolchilarga, balki murabbiylarga ham.

Tecno

Natijada, mavsum boshida olib kelingan legionerlar bilan xayrlashildi. Klub rahbarlari bosh murabbiy masalasiga ham e’tibor qaratmoqda. Bu borada "lochinlar" vakillari yana o‘sha variantga qaytgan.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, namanganliklar Samvel Babayan bilan muzokara o‘tkazgan. Ter orada ushbu mutaxassis "Navbahor"ni qo‘lga olishi kutilmoqda. Agarda avvalgidek oxirgi pallada nimadir o‘zgarib ketmasa.

Shu yilning 22 aprelida "Navbahor"ning O‘zbekiston kubogi guruh bosqich birinchi turidan o‘rin olgan "Oq-tepa"ga qarshi bahsini Samvel Babayan bevosita stadiondan kuzatgandi. O‘sha payt ham tomonlar muzokara o‘tkazgan. Biroq so‘nggi pallada ular kelishi olmagan ko‘rinadi. Har holda Babayan "lochinlar" boshqaruvini qo‘lga olmadi. O‘tgan yili kuzda ham Samvel Babayan klub bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!