"Navbahor" sobiq murabbiyi: "Rossiyalik bu futbolchi "Oltin to‘p"ga nomzoddir"

  • 31 oktabr, 2024, 11:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya milliy terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi Andrey Kanchelskis rossiyalik futbolchi Aleksandr Golovinni "Oltin to‘p" sovrini uchun nomzodlar qatoriga kiritdi va uning imkoniyatlarini yuqori baholadi.

"Golovinda "Oltin to‘p"ning eng kuchli o‘ttiztalik nomzodlari qatoriga kirishi uchun potentsiali mavjud. Ha bu narsa gapda shunchaki, osondek tuyulishi mumkin.

Ammo real ko‘z bilan nazar solsak, buning ikmkoni bor. Bu biroz murakkab jarayon. Biroq, u o‘tgan mavsumdagidek o‘yinini davom ettirsa, kelajakda bu sovrinni yutish uchun yaxshigina imkoniyatga ega bo‘ladi. Lekin buning uchun avvalo Golovinning jamoasi "Monako" ham biror-bir sovrin yutishi kerak bo‘ladi.

Tecno

Bu borada Golovinga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan yana bir jihat esa, hozirda ruslarga nisbatan bo‘lgan qarashlardir. Sasha mavsumni ajoyib o‘tkazishi mumkin. Lekin, rossiyalik bo‘lgani uchun nomzodlar qatoriga kiritilmasligining ehtimoli mavjud",  - dedi Andrey Kanchelskis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!