“Navbahor” o‘z uyida o‘ynasa, unga raqobat qilish qiyin…

  • 30 may, 2023, 11:50
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

26 – 29 may kunlari Superligada 12-tur bahslari o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar, o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi.

“Neftchi” bir maromda o‘yin namoyish eta olmayapti. Farg‘onaliklar bu gal “Qizilqum” maydonida ochko yo‘qotdi. OKMK mag‘lubiyatlar girdobida qolib ketayotgan “Buxoro”ni taslim etdi. “Bunyodkor” Bekobodda mezbonlarni enga olmadi. “Andijon” asosiy raqobatchisidan 3 ochko oldi. “Navbahor” o‘z uyidagi g‘alabali seriyani davom ettirdi.

FAKT! "Olimpik" bu mavsum Namanganda gol urgan ilk jamoa

photo_2023-05-29_00-19-31

“Nasaf” iroda namoyish etib, “So‘g‘diyona”ni Jizzaxda mag‘lubiyatga uchratdi. “Paxtakor” qiyin kechgan bahsda “Surxon” klubini ochkosiz qoldirdi.  

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

12-turda stadionlarimizga jami 29255 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir bellashuvga o‘rtacha 4179ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Namanganda. “Navbahor” - “Olimpik” o‘rtasidagi o‘yinni 15816 tomoshabin arenadan kuzatdi. “Navbahor” o‘z uyida o‘ynasa, muxlislar tashrifi bo‘yicha unga raqobat qilish qiyin.

“Nasaf”ning o‘rni bilindi…

photo_2023-05-29_00-19-49

“So‘g‘diyona” - “Nasaf” o‘rtasidagi turning yana bir markaziy bahsi tomoshabinlar statistikasida 5505 bilan ikkinchi o‘rinni egalladi.

O‘tgan mavsum “Qizilqum”ning uy o‘yinlariga ko‘plab muxlislar kelganiga guvohi bo‘lgandi. Bu yil jamoaning natijalari kabi ishqibozlar soni ham keskin kamaydi…

Eng kam tomoshabin poytaxtda. Stadioni ta’mirlanayotgan OKMK “Jar”da “Buxoro”ni qabul qildi. Ushbu bahsni 402 kishi stadiondan kuzatdi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

“Navbahor” - “Olimpik” 2:1. 15816 tomoshabin

“So‘g‘diyona” - “Nasaf” 1:2. 5505 tomoshabin

“Metallurg” - “Bunyodkor” 1:1. 4509 tomoshabin

“Qizilqum” - “Neftchi” 1:1. 1254 tomoshabin

“Andijon” - “Turon” 2:1. 961 tomoshabin

“Paxtakor” - “Surxon” 1:0. 808 tomoshabin

OKMK - “Buxoro” 3:1. 402 tomoshabin

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Комил Холмирзаев
01/06/2023 08:15
Насаф яхши формага кирганди Пахтакор бн уйин колдирилгани яхши булмади Пахтакор нега Сурхон бн уйин колдирмади икки хил ендашишми бу
А689 НМ
30/05/2023 17:07
Пахтакор Насаф Нефтчи Окмк Бунёдкор 2 нчи даврада хаммаси Наманганга келишини хисобга олинса Навбахорни хозирги урни ва уйинини хисобга олинса Пахтакор уйинларни зурга 1-0 билан аранг галаба килаяпганини хисобга олинса худо хохласа олдиндан бу йил Навбахор чемпион деса булади.