"Navbahor" "Olimpik" bilan o‘yinga asosiy kuchi bilan kelmoqda

  • 5 iyul, 2022, 13:38
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Navbahor”ning Superliga 13-turidan o‘rin olgan AGMKga qarshi kechgan bahsiga "Navbahor" jamoasi muxlislari uchun ko‘plab qulay shart – sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqovning tashabbusi bilan Olmaliq shahriga borib – kelish uchun klub rahbariyati tomonidan bepul avtomashinalar ajratilgandi.

Tecno

Natijada o‘sha bellashuvga Namangandan ko‘plab ishqibozlar tashrif buyurib, “lochinlar”ni munosib tarzda qo‘llab-quvvatlagan holda, Samvel Babayan shogirdlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasiga munosib hissa qo‘shishgan va mazkur yutuqdan so‘ng, “Navbahor” turnir jadvali peshqadamiga aylangandi.

Viloyat rahbarining tashabbusi bilan “Navbahor” PFK rahbariyati xayrli ishni yana davom ettiradigan bo‘ldi, ya’ni, jamoaning bugun “Olimpik” bilan bo‘ladigan o‘yiniga “lochinlar” muxlislari uchun Toshkent shahriga borib – kelish uchun klub rahbariyati tomonidan bepul avtomashinalar ajratildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
05/07/2022 16:16
Омад Навбахорга.