"Navbahor" muxlislari etakchi. Qolganlarchi?

  • 19 may, 2022, 15:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

16 - 18 may kunlari Superliganing 9-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Tecno

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etmoqdamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 38899 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 5557ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Namanganda. “Navbahor” – “Neftchi” bahsini 17320 odam shohidiga aylandi. Vodiy derbisiga qiziqish yuqori edi. Biroq arenaga kelgan shuncha muxlis nursiz durang guvohiga aylandi.

photo_2022-05-18_11-49-19

Turning markaziy qarama-qarshiliklari AGMK - "Bunyodkor" va "Nasaf" - "Qizilqum" o‘rtasida kechdi. Olmaliqda ham 4389 ishqibozga gol ko‘rish nasib etmagan bo‘lsa, 5203 nafar qarshiliklar gollar shousidan bahra oldi.

Eng kam ishqiboz Toshkentda. "Surxon" klubi o‘z o‘yinlarini o‘tkazadigan stadion bilan bog‘liq masalalar tufayli Toshkentda o‘yinini o‘tkazdi. "So‘g‘diyona" bilan bellashuvni 835 ishqiboz stadiondan kuzatdi.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

"Navbahor" - "Neftchi" 0:0. 17320 tomoshabin

"Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1:1. 5702 tomoshabin

"Nasaf" - "Qizilqum" 5:0. 5203 tomoshabin

AGMK - "Bunyodkor" 0:0. 4389 tomoshabin

"Metallurg" - "Dinamo" 2:1. 4200 tomoshabin

"Olimpik" - "Lokomotiv" 0:3. 1250 tomoshabin

"Surxon" - "So‘g‘diyona" 2:4. 835 tomoshabin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!