
"Navbahor" 9 nafar futbolchi bilan xayrlashdi
O‘tgan mavsum O‘zbekiston Superligasi kumush medallariga ega chiqqan "Navbahor"ni bir qator futbolchilar tark etdi.
Namanganliklar matbuot xizmati quyidagi futbolchilar faoliyatini boshqa klubda davom ettirishini ma’lum qildi.
“Lochinlar” safidan darvozabon Rahimjon Davronov, himoyachilar Rustam Ashurmatov, Boyan Tsiger, Stanislav Andreev, yarim himoyachilar Azimjon Ahmedov, Nurillo To‘xtasinov, Diyorjon Turopov, qirg‘izistonlik 32 yoshli hujumchi Mirlan Murzaev hamda ijara asosida to‘p tepgan rossiyalik 33 yoshli hujumchi Aleksandr Kasyan ketdi.
Mazkur o‘yinchilardan Rustamjon Ashurmatov, Boyan Tsiger va Mirlan Murzaev o‘z faoliyatlarini xorij klublari, qolganlari esa yurtimiz jamoalarida davom ettiradi.
Fikrlar