
"Nassaji Mozandaron" bosh murabbiyi jamoasining "Navbahor"dan qanday farq qilishini aytib o‘tdi (matbuot anjumanidagi fikrlar)
Ertaga Osiyo Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nassaji Mozandaron" bahsi bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvdan oldin eronliklar bosh murabbiyi Said Mehdi Rahmati matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri bilan o‘ynaymiz. Jismoniy holat bo‘yicha ular juda yaxshi sifatga ega va ikkita o‘yinda 4 ochko olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Qiyin o‘yin kutib turibdi, lekin biz "Nassaji" va uning muxlislariga munosib ochko olib uyga qaytish uchun bor kuchimizni sarflaymiz.
Avvalgi ikki o‘yinda ko‘rsatganimizdek, yaxshi futbol namoyish etishga intilamiz. Ertaga sifatli va ishonchli o‘yin ko‘rsatishga ahd qilganmiz.
Osiyo Chempionlar Ligasi va ichki birinchilikdagi futbol ikki alohida kategoriyadir. “Navbahor”dan farqimiz shuki, ular O‘zbekiston chempionatining 22-haftasida, biz esa 6-haftadamiz. Juda ko‘p o‘zgarishlarni boshdan kechirgan va ko‘plab yosh o‘yinchilar safga qo‘shilgan klubmiz.
Ertangi uchrashuvda biz himoyaviy harakat qilamizmi yoki "Navbahor"mi, buni raqamlar ko‘rsatadi. Futbol raqib jamoaga gol urish imkoniyatini bermaslik va gol urish uchun imkoniyat yaratish asosida yaratilgan.
Eron terma jamoasining turli jamoalarida bir necha yillik faoliyat olib bordim. Bu muddat davomida O‘zbekiston futbolda ham infratuzilma, ham texnologiyalar borasida yaxshi yutuqlarga erishgani e’tiborga molik. Ularni bunday rivojlanish bilan tabriklayman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar