"Nasaf" – "Mohun Bagan" o‘yiniga chiptalar qachon sotuvga chiqariladi?

  • 21 sentabr, 2021, 21:26
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, "Nasaf" ertaga OFK kubogi doirasida "Mohun Bagan" klubiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

Osiyo futbol konfederatsiyasi ertangi bellashuvga muxlislar kirishiga ruxsat berdi. Ammo karantin choralari yumshatildi degani bu virus batamom engildi degani emas. Shu sababli ertangi bellashuvga muxlislar cheklangan holda kiritiladi. Karantin qoidalariga bo‘ysunmagan muxlislar o‘yingohga kiritilmaydi. Bellshuvga tashrif buyurgan muxlislardan stadionda karantin qoidalariga jiddiy rioya qilish, ijtimoiy masofani saqlash va tibbiy niqobni echmaslik talab etiladi.

Chiptalar ertaga, soat 12:00 dan o‘yingoh kassalarida sotuvga chiqariladi. Chiptalarni faqat o‘yingoh kassalaridan xarid qiling, firibgarlar va soxta chiptalarga aldanib qolmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
21/09/2021 23:24
Ўйин соат нечида бўлади?
&
Бухорий Шариф
21/09/2021 23:24
Ўйин соат нечида бўлади?