
"Nasaf" va "Sharja" ertaga qanday formada harakat qilishi ma’lum (foto)
Ertaga Osiyo chempionlar ligasi 4-turi start oladi. Kun doirasidan "Nasaf" - "Sharja" bellashuvi o‘rin olgan.
Bugun tomonlar vakillari o‘rtasida yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda. Unda jamoalar ertaga harakat qiladigan liboslarga oydinlik kiritildi.
6 noyabr kungi bahsda mezbonlar ko‘k formada, mehmonlar oq libosda to‘p tepadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikrlar