"Nasaf" "Real"ga aylanib ketdi va so‘nggi daqiqalarda "Metallurg"dan g‘alabani ilib ketdi

  • 15 may, 2023, 20:59
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" bahsi yakunlandi. Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Tecno

3 daqiqadayoq "ma’danchilar" vakili Ergash Ismoilov uzoq masofadan "pushka" zarba yo‘llab, hisobni ochdi. Keyinchaliik "ajdarlar" ketma-ket hujum uyushtirdi.

Bu o‘z samarasini berdi: Oybek Bozorov jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Uchrashuvni boshqarpayotgan To‘rabek Suyunov VAR bilan maslahatlashib, penalti belgiladi. Azizbek Amonov 11 metrli zarbani aniq amalga oshirib, muvozantni tikladi. 

85 daqiqada qarshiliklar hujumchisi Lima Kruz qizil kartochka olib, madonni erta tark etdi. Bu hammasi emas edi: Alibek Davronov qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib, g‘alabani jamoasi tomonga hal qildi.

Shu tariqa, "Nasaf" safarda 3 ochko bilan qaytadigan bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсунов Рамазон
16/05/2023 10:22
Насага карши хакамла уйнамаса юкоридан босим булмаса Реалдан хеч канака ками йук олга Насаф биз сен билан.
&
Турсунов Рамазон
16/05/2023 10:22
Насага карши хакамла уйнамаса юкоридан босим булмаса Реалдан хеч канака ками йук олга Насаф биз сен билан.
&
Uzbek ligion
16/05/2023 07:43
Nasaf realdan kuchli