“Nasaf” OFK kubogida g‘alaba qozonish uchun Superligani qurbon qilyaptimi? - Ro‘ziqul Berdievdan javob

  • 24 avgust, 2021, 13:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

25 avgust kuni “Nasaf” OFK Kubogi-2021 hududiy final o‘yinida Turkmanistonning “Ahal” klubiga qarshi bahs olib boradi. 

Tecno

Bugun o‘yin oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Ro‘ziqul Berdiev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- “Ahal”ga qarshi tayyorgarligimiz ko‘ngildagidek o‘tdi. O‘yinga futbolchilarimiz har tomonlama shay. Raqimiz ajoyib jamoa. Ularni o‘rganganimizda o‘yinni yaxshi tashkil etishini, har xil sxemalarda o‘ynashini va tarkibida texnikasi kuchli futbolchilar boriligini ko‘rdik. Ertaga qiziqarli bahs bo‘ladi. Bor kuchimizni shu bellashuvga tashlab, natijaga erishishimiz lozim.

Avval ham turkman jamoalari bilan bir necha marta to‘qnash kelganmiz, o‘yinlarini ko‘p kuzatamiz. Ularning biz bilan o‘xshashlik taraflari bor. Chunki raqib ham texnikaga tayangan holda taktik futbol namoyish etadi. Tezkor futbolchilarga ega. O‘zbek va turkman futboli mentaliteti o‘xshash. Albatta, darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Chunki bizning futbol yaxshi tashkil qilingan va stabil o‘tmoqda. Ularda pandemiya sabab uchrashuvlar o‘tkazilmayapti. Bu qaysidir manoda bizga as qotishi mumkin. Lekin bu bizni bo‘shashtirmaydi. Asosiy maqsadimiz g‘alaba qozonish.

“Nasaf” OFK kubogida g‘alaba qozonish uchun Superligani qurbon qilyaptimi? Har xil gapga ishonaverish kerak emas. Barcha musobaqaga maksimal darajada harakat qilyapmiz. Qaysidir uchrashuvda mag‘lubiyatga uchraymiz, ayrimlarida g‘alaba qozonamiz. Lekin barcha o‘yinda jamoa bor imkoniyatini ishga solyapti. Shuning uchun bu gaplarga muxlislar e’tibor bermasligini istardim, - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!